O'zbekistonda olingan litsey va kollej diplomlari Germaniyada bakalavr o'qish imkoniyatini bermaydi. Litsey o'quvchilari O'zbekistondagi biron universitetda 1 yil o'qib,keyin Germaniyada bakalavr o'qishlari mumkin. Yoki STUDIENKOLLEG nomli 1 yillik tayorlov kursiga qatnashishi kerak. Bugun sizlarga Studienkolleg haqida ma'lumot berishga xarakat qilamiz.
Studienkolleg bu abitur diplomi bakalavr uchun yetarli bo'lmagan abituriyentlar uchun 1 yillik( imtihonlarda qatnashishiga qarab 6 oyga qisqarishi yoki 2 yilga cho'zilishi mumkin) tayyorlov kursi. U yerda Marokash,Braziliya,Xitot,Vietnam, Rossiya,O'zbekiston va boshqa davlatdan kelgan talabalar tahsil oladi.
Studienkollegda turli xil kurslar mavjud :
Bakalavrda texnikaga oid kurslarda o'qimoqchi bo'lganlar uchun - T kurs, meditsina uchun - M kurs va iqtisod,biznes sohalari uchun W( Wirtschaft) va boshqa kurslar mavjud.
Siz bakalavrda qaysi yo'nalishda o'qimoqchiligingizga qarab,o'zingizga kerakli kursni tanlaysiz.
O'sha kurs davomida kelajakda o'qimoqchi bo'gan sohangizga kerakli bilimlarni olasiz. Misol uchun, agar T-kursda o'qisangiz, matematika, fizika, ximiya va nemis tilidan darslar bo'ladi. Bundan tashqari Studienkolleg davomida Germaniyadagi ta'lim tizimi bilan yaqindan tanishib borasiz, universitetda darslar qay tarzda bo'ladi, credit point nima, uni qay tarzda olish kerak, modullar nima, qaysi universitetlar eng yaxshisi, qaysi soha qanday o'qitiladi, o'qishdan keyin qayerda qancha maosh evaziga ishlash mumkin, Germaniyadagi Arbeitsmarktda qaysi soha vakillari uchun ish ko'p kabi ko'plab savollarga javob topasiz. Shuning uchun, studienkollegni bitirib, universitetga kirganingizda sizda bilim ham, tashkiliy ishlar haqida ma'lumot ham yetarli bo'ladi. Studienkollegda sohangizga oid nemis tilidan dars olganiz uchun, vorlesunglarda ham qiynalmisiz. Misol, Uzbda Goetheda o'qib, Germaniyada bakalavr o'qiyotganlar fizika, ximiya yoki matematikaga oid ilmiy atamalarni nemis tilida qanday bo'lishini bilmasligi mumkin, ammo siz studienkollegda o'qiganingiz uchun, bu atamalarni bemalol tushunasiz.
Germaniyada studienkolleglar soni judayam kam, o'qimoqchi bo'lgan abituriyentlar esa judayam ko'p. Bitta Bundeslandda 1 ta yoki 2 ta public studienkolleg bor, ba'zi Bundeslandda shuyam yo'q(Bremen). Shuning uchun, Studienkollegga kirish oson emas. Har bir o'rin uchun 10 ga yaqin abituriyent kurash olib boradi. Eng kuchlilar qabul qilinadi.
T-kurs uchun Matematika va nemis tilidan, W kurs uchun nemis tilidan 2 xil imtihon, m kurs uchun nemis tili va kimyo(aniq eslolmadim,togrisi) fanidan imtihon bo'ladi.
Ammo ba'zi studienkolleglarda (Frankfurtdagi Goetheda,masalan) faqat nemis tilidan imtihon bo'ladi. Hujjat topshirayotganizda sizdan B1 yoki B2 sertifikat so'raladi. Lekin imtihondan o'tish uchun eng kami B2+ bo'lishi talab qilinadi.
Hujjat topshirish jarayoni oddiy. O'zingiz qatnashmoqchi bo'lgan Studienkolleg saytiga kirib,kerakli ma'lumotlarni olish mumkin. Ba'zi studienkolleglarga (Bochum,Kiel,Kaiserlautern) tog'ridan tog'ri,ba'zilariga(Frankfurt,Munich) uni assist orqali hujjat topshiriladi. Sizdan talab qilinadigon asosiy hujjatlar ikkita : litsey diplomi(tarjima va notariusdan tasdiqlangan nusxasi) va til bilish haqidagi sertifikat.
Hujjatlarni topshirish vaqti ham xar xil. Ba'zilarda 15.04,ba'zilarda 15.05,qoganlarida 15.07 (qishki semestr uchun) gacha hujjat qabul qilinadi.
Studienkolleglar uchun har semestr 200-300€ pul to'lanadi. Public transportdan foydalanish uchun semesterticket beriladi.
Public Studienkolleglarga kirish imtihoni oson emasligi sababli, ba'zi talabalar Private studienkolleglarda o'qishadi. Private studienkolleglarda o'qish narxi o'rtacha 3000-6000€ oralig'ida.
Studienkollegni bitirayotganizda Feststellprüfung nomli imtihon olinadi. O'sha imtihondan o'tganingizdan keyin,Germaniyada bakalavr o'qish huquqini qo'lga kiritasiz.